Batafsil ma'lumot olish uchun qiziqtirgan dasturingizni tanlang
Aylanma mablag‘ uchun ssuda
Miqdori:4 120 000 so‘mgacha
Maqsadi:O‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga
Mablag‘ ajratish turi:Pul kuchirish orqali, tadbirkorning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
Izoh:Har bir jalb qilingan kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar ajratiladi. Tadbirkor kamida 10 nafar kasanachini ishga qabul qilishi hamda ajratiladigan ssudaning jami miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi talab etiladi.
Asbob uskunalar uchun ssuda
Miqdori:20 600 000 so‘mgacha
Maqsadi:Kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga 6 oydan 3 yilgacha muddatga
Mablag‘ ajratish turi:Pul kuchirish orqali, ta’minotchining hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
1. “Jamg‘arma”, “Fuqaro”, “Ta’minotchi” o‘rtasida smart-market.uz platformasi orqali ssuda hisobidan asbob-uskuna yetkazib berish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
2. Jamg‘arma va talabgor o‘rtasida ssuda ajratish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
3. Talabgor tomonidan ssuda belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, mavjud qarzdorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Quduq, nasos, sug‘orish ssuda
Miqdori:82 400 000 so‘mgacha
Maqsadi:Kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil qilish uchun dehqon xo‘jaliklariga suv quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha.